"Bunyodkor" so‘nggi soniyalardagi gol evaziga "Qizilqum"ni mag‘lub etdi

  • 4 noyabr, 2021, 20:17
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 24-turi doirasidagi "Bunyodkor" - "Qizilqum" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Navoiyliklar vingeri Islom Kenjaboev 54-daqiqada penaltini noaniq amalga oshirdi. Poytaxtliklar futbolchisi Xurshid G‘iyosov esa, 11 metrlik jarima zarbasini aniq ijro etib, 90+7-daqiqada jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Shundan qilib, ochkolari sonini 39 taga etkazib olgan "qaldirg‘ochlar" 5-o‘ringa mustahkam joylashib oldi. 31 ochko jamg‘argan Aktamov shogirdlari 9-pog‘onada qoladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!