"Bunyodkor" o‘z futbolchisi bilan shartnomani bekor qildi
“Bunyodkor” klubining 25 yoshli yarim himoyachisi Suhrob Izzatov “Qaldirg‘ochlar” safini tark etgan ma’lum bo‘ldi. Bu xususida O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar o‘zaro mehnat shartnomasini bekor qilishgan. Birinchi davrada Suhrob “Bunyodkor” safida Superligada 12 ta bellashuvda maydonga tushdi. O‘zbekiston Kubogida esa 4 ta bahsda qatnashdi.



Fikrlar