"Bunyodkor" klubida o‘zgarish. Ulug‘bek Mirzaev o‘rniga vaqtincha bosh direktor tayinlandi

  • 11 avgust, 2020, 17:49
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning "Bunyodkor" klubi rahbariyatida o‘zgarish ro‘y berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, «Bunyodkor» FK mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Mirzaev Ulug‘bek Abdusattorovich bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2020 yil 10 avgustdan bekor qilindi. «Bunyodkor» FK MChJda tijorat direktori va litsenziyalash bo‘yicha menejer lavozimida ishlab kelayotgan Ayniddin Giyasov Kutpiddinovichga klubning direktori vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi.

Ulug‘bek Mirzaev 2019 yilning yanvaridan "Bunyodkor" klubida bosh direktorlik qilayotgandi. U Murod Alievdan so‘ng, "qaldirg‘ochlar"ni qabul qilib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!