
"Bunyodkor" bosh direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
“Bunyodkor” futbol klubi rahbariyatida yangi mutaxassis ish boshladi. Jumladan, Ispaniyada o‘z malakasini oshirgan va u erda “V” hamda “A” murabbiylik litsenziyalarini qo‘lga kiritgan Zokirjon Holiqov “Bunyodkor” bosh direktoriga o‘rinbosarlar etib tayinlandi. Bu xususida klub rasmiy saytida e’lon qilindi.
35 yoshli mutaxassis “Metallurg” klubi qoshidagi “Real”ning “El Golazo” futbol akademiyasi asoschilaridan hisoblanadi. Shuningdek, u yaqinda “Escuela Universitaria Real Madrid” Universitetining magistraturasini tamomlagan. Endilikda Zokirjon Holiqov to‘plagan tajribasi bilan “Bunyodkor”ga yordamlashadi.
Fikrlar