"Bunyodkor" BAAga bosh murabbiysiz yo‘l oldi

  • 14 yanvar, 2023, 10:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Rejaga muvofiq «qaldirg‘ochlarimiz» o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari uchun BAAga uchib ketdi.

Tecno

"Bunyodkor" matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, erta tongda Toshkent xalqaro aeroportidan BAAning Dubay shahriga yo‘l olgan «qaldirg‘ochlarimiz» amirliklarning boshqa bir shahri Abu Dabida 11 kunlik o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Yig‘in doirasidan 4 ta sinov nazorat bahslari ham o‘rin olgan.

“Bunyodkor” qishki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari uchun BAAga yo‘l olgani haqida xabar bergan edik Quyida Abu Dabi yig‘iniga uchib ketgan «Bunyodkor» delegatsiyasi a’zolari bilan tanishishingiz mumkin.

bunik_1

Bosh ma’mur: Shoaziz Shog‘iyosov

Murabbiylar: Abduhamid Qodirov, Hikmat Hoshimov, Murod Zuhurov

Tahlilchi: Akbar Dadashev

Shifokor: Qahramon Nurmuhammedov

Massajchilar: Islombek Usmonov, Radion Sarichev

Ma’murlar: Tohir Solihov, Botirjon Zohidov

Futbolchilar - Suhrob Sultonov, Islomjon Asrolov, Muhammadyusuf Sobirov, Avazbek O‘lmasaliev, Davronjon Ergashev, Aleksandr Zevadinov, Muhammadodil Qahramonov, Jasurbek Yoqubov, Narimonjon Ahmadjonov, Akbar Ismatullaev, Diyor Jaloliddinov, Suhrob Izzatov, Rasul Yo‘ldoshev, Muhammadsafo Fozilov, Bilol Tupliev, Muzaffar Olimjonov, Sherzod Mirzajonov,Muhammadayyub Omonov, Ollobergan Karimov, Abdulloh Omonaliev, Igor Ivanovich, Azizbek To‘lqinbekov, Farhod O‘tkirov, Jasurbek Hakimov, Usmonali Ismonaliev, Umidbek Sultonov.

“Bunyodkor” klubidagi o‘zgarishlardan xabaringiz bo‘lsa kerak. Klub bosh direktori Aziz Haydarov va akademiya direktori Islom Ahmedovning iste’fosidan keyin jamoa bosh murabbiyi Ivan Boshkovich ham ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan va sababli jamoa a’zolari BAAga bosh murabbiysiz yo‘l olishdi. Jamoani safar davomida Hikmat Hoshimov shug‘ullantiradi.

"Bunyodkor"dagi o‘zgarishlar haqida: "Biz birgalikda keldik va birgalikda ketdik, katta ta’sir qiladi"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
nasafim
14/01/2023 16:01
Бош мураббий йиғин вақтида жамоани текшириб футболчилани узини тактикасига мослаштирмайдимиии эххх ПФЛ эхх ЎФФ
&
nasafim
14/01/2023 15:58
Демак дам олишга кетибди-да
Нодир Зарипов
14/01/2023 11:27
Яшасин шуртан газ