
"Bunyodkor" 5 futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Kecha Ravshan Yagudin va Sunnatilla Abdullajonov 2021 yilgi mavsumda "Bunyodkor" libosida to‘p surishi haqida ma’lumot bergandik. Bugun yana besh nafar futbolchi faoliyatini rasman "qaldirg‘ochlar" bilan bog‘ladi. Bu haqda klub rasmi sayti xabar tarqatdi.
Tajribali hujumchi Shahboz Erkinov 2021 yilgi mavsumda ham "Bunyodkor" sharafini himoya qiladigan bo‘ldi. 2020 yilgi mavsum avvalida jamoaga kelib qo‘shilgan futbolchi 6 ta goli bilan "Bunyodkor"ning g‘alabalariga o‘z hissasini qo‘shdi.
Shuningdek, "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari Bilol Tupliev, Jahongir O‘rozov, Asad Qahhorjonov, Tohir To‘xtasinov bilan ham shartnomalar imzolandi.
To‘rt nafar tarbiyalanuvchi hali 18 yoshni qarshilamagani sababli Reglamentga ko‘ra, ularning ota-onasi ishtiroki va guvohligida shartnoma imzolandi.
Fikrlar