Bundesliga: “Top-5” transfer
Evropaning eng kuchli besh ligasida 1 sentyabr kuni yozgi transferlar oynasi rasman yopildi. Ekspertlar Bundesligada amalga oshirilgan eng qimmat beshta transfer reytingini tuzib chiqdi.
Reyting quyidagicha ko‘rinish oldi:
Luis Dias — “Liverpul”dan “Bavariya”ga, € 70 mln
Jarell Kuansa —“Liverpul”dan “Bayer”ga, € 35 mln
Malik Tillman — PSVdan “Bayer”ga, € 35 mln
Eliss-Ben Segir — “Monako”dan “Bayer”ga, € 32 mln
Job Bellingem — “Sanderlend”dan “Borussiya Dortmund”ga, € 30,5 mln.
Ko‘rinib turibdi, Germaniya chempionati vakillari orasida “Bayer” tarkibini kuchaytirishga jiddiy e’tibor qaratdi va qimmatbaho uchta transferning o‘ziga 100 million evrodan ko‘proq mablag‘ sarflab yubordi.



Fikrlar