
Bundesliga. "Leyptsig" - "Bavariya": Kuchlar teng keldi
Bundesliganing 16-turidan o‘rin olgan "Leyptsig" - "Bavariya" uchrashuvi yakunlandi. O‘yin durang natija bilan tugadi va ikkala jamoa bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Dastlab, Shupo-Moting 37-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 52-daqiqada Xalstenberg gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqardi.
Shu tariqa, "Bavariya" turnir jadvalida birinchi o‘rinda qoldi. "Leyptsig" esa 3-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar