Bundesliga klubi EChLda qiziq statistika qayd etmoqda
Dortmundning "Borussiya" klubi Evropa Chempionlar ligasida 5 ta o‘yinda ham qiziqarli natijalar namoyish etyapti.
Gap shundaki, "arilar" o‘tkazilgan 5 ta uchrashuvda ham to‘rtta gol urdi yoki shuncha gol o‘tkazib yubordi. 5-turdan so‘ng dortmundliklar 17 ta gol urgan va o‘z darvozasidan 11 marta to‘p olib chiqqan. Dastlabki turda, Turinda "Yuventus"ga qarshi bahs olib borgan "sariq-qoralar" kambek qurboni bo‘ldi. 4:2 hisobidagi ustunlik qo‘shib berilgan daqiqalarda yo‘qqa chiqqan edi. 2-turda esa dortmundliklar "Atletik"ni qabul qilib 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. "Kopengagen"ga qarshi Daniyada o‘tgan uchrashuvda esa 4:2 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytdi. 4-tur. "Etihad" stadionida "Manchester Siti"ga qarshi maydonda saf tortgan Niko Kovach shogirdlari yirik 4:1 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oladi. 25 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan 5-turda "Borussiya" Ispaniyaning "Vilyareal" klubiga qarshi bahsda maydonga tushib 4:0 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, nemis klubi 5 o‘yinda 10 ochko jamg‘argan holda, turnir jadvalining 6-pog‘onasini band etib turibdi.



Fikrlar