
Bundesliga. "Bavariya" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, "Bayer" bilan farqni bir ochkogacha qisqartirdi
Bundesliga 19-turidan o‘rin olgan "Augusburg" - "Bavariya" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda myunxenliklar 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
Mehmonlar safida gollarga Keyn, Devis hamda Pavlovich mualliflik qilgan bo‘lsa, "Augusburg" tarkibida Demirovich dublni rasmiylashtirdi.
Ochkolari sonini 47 taga etkazib olgan myunxenliklar Bundesliga turnir jadvalida "Bayer"dan so‘ng 2-o‘rinni band etib turidi.
Fikrlar