Bunaqasi tarixda bo‘lmagan. Liviya Nigeriya futbolchilarini tashlandiq aeroportda qoldirib ketdi

  • 14 oktabr, 2024, 18:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nigeriya terma jamoasi Afrika Millatlari kubogi musobaqasi saralash turnirida kutilmagan vaziyatga tushib qoldi.

Tecno

Liviyadagi uchrashuvda qatnashish uchun yo‘lga chiqqan nigeriyaliklar samolyotini boshqa aeroportga yo‘naltirishdi. Bu aeroport tashlandiq holatda bo‘lib, futbolchilar 13 soat davomida ovqat, suv va aloqasiz qolib ketgan. Ular samolyotda uxlashga majbur bo‘ldi.

Futbolchilar o‘yin joyiga etib borishi uchun bir necha saot yo‘l yurishi kerak edi. Biroq mezbon  tomon ularga transfer vositasi ham ajratgani yo‘q.

Yaqin atrofdagi mehmonxonalarga nigeriyaliklarga joy berishni ham ta’qiqlab qo‘yishdi. Xullas mehmon jamoa ko‘chada qoldi.

Nigeriya Liviya tomonini uchrashuvni atayin barbod qilishda ayblamoqda. Liviyaliklar esa bu holatda o‘zlarini oqlash uchun asos topdi. Ular nigeriyaliklar bir necha kun avval o‘z mamlakatlarida Liviya terma jamoasini yomon kutib olib, aeroportda bir necha soat ushlab turgan. Bu holat ana shu o‘ziga yarasha mehmondorchilikka javob bo‘lganini ta’kidlashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!