
Bunaqasi kamdan-kam bo‘ladi. Saratonga uchragan futbolchi 1,5 yillik tanaffusdan so‘ng yana APLda maydonga tushdi
Kecha Angliya Premer-ligasining 28-turidan o‘rin olgan "Aston Villa" hamda "Bornmut" (3:0) uchrashuvi futbol olamiga quvonchli xabar olib keldi.
Ma’lum bo‘lishicha, "Bornmut"ning 25 yoshli yarim himoyachisi Devid Bruks 531 kun ichida ilk bor maydonga tushdi. “Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi uchrashuvning 79-daqiqasida Adam Smit o‘rniga zaxiradan o‘ymnga qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, Bruks Er yuzida yashovchi har bir odam duch kelishi mumkin bo‘lgan xastalikka – saratonga chalingan.
Quvonarlisi, uelslik futbolchi o‘tgan yili bu kasallikni muvaffaqiyatli enggani haqida xabar paydo bo‘ldi. Keyinchalik "Bornmut" tuzalib ketgan futbolchi bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.
Fikrlar