Bunaqasi bo‘lmagan: “Manchester Yunayted” gol uradigan hujumchi qolmadi

  • 26 avgust, 2023, 23:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasining dastlabki uch turida raqiblar darvozasini jami to‘rt marotaba ishg‘ol qildi.

Tecno

Uchinchi turda Erik ten Xag shogirdlari o‘yin boshlanishi bilan to‘rt daqiqa ichida ikkita to‘p o‘tkazib yubordi va o‘yin oxirigacha katta qiyinchilik evaziga uchta  gol urib,  mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantira oldi.

Statistika ishqibozlari boshqa ko‘rsatkichga e’tibor qaratdi. “Manchester Yunayted”ning ilk uchta uchrashuvida jamoaning birorta hujumchi raqiblarga bitta ham gol ura olmagan.

Mavsumdagi ilk to‘p himoyachi Rafael Varan hisobiga yozildi va jamoaga “Vulverxempton” ustidan kichik hisobda g‘alaba keltirdi. Uchinchi turda “Nottingem Forest” darvozasidan jo olgan uchta gol yarim himoya vakillari - Kristian Eriksen, Kazemiro va Brunu Fernandesh hisobiga yozildi.

Oldingi chiziq vakillaridan  Amad Diallo, Antoni Marsyal, Markus Rashford, Jeydon Sancho va Rasmus Xyoylunn hali gollar hisobini ochgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sunnatillo
27/08/2023 14:17
Endi ochiladi xujumchilar