Bunaqa o‘yinchi kerakmi? Rodrigo “Real” tarixidagi antirekord qayd etdi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo Goes jamoaning ketma-ket 30-o‘yinida gol urolmay, klub tarixidagi hujumchilarning umumiy antirekordini takrorladi.
Bu haqda 365Scores xabar qildi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, bundan oldingi antirekord “Real”ning dominikanlik sobiq hujumchisi Mariano Diasga tegishli bo‘lgan.
Rodrigo oxirgi marta 2025 yil mart oyida, Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida Madridning ikkinchi jamoasi “Atletiko”ga qarshi o‘yinda (2:1) to‘p kiritib, jamoasining g‘alabasiga ko‘maklashgan edi.
Joriy mavsumda 24 yoshli hujumchi “Real” safida 15 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta golli pas bergan.



Fikrlar