Bularning o‘rniga boshqasi kelsin!

  • 29 avgust, 2022, 09:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar yana bir necha transferlarni rasmiylashtirmoqchi.

Tecno

Bosh murabbiy Xavi Ernandes jamoasining hujum salohiyatini oshirish bilan birga himoya chizig‘ini mustahkamlashni rejalashtirgan.

Xavining talabini bajarish uchun klub rahbariyati boshqa muammoni hal etib olishi kerak. Agar kataloniyaliklar bir necha futbolchisini sotib yubormasa, yangi o‘yinchilarni qo‘lga kirita olmaydi.

Ayni paytda murabbiylar shtabi klub rahbariyatidan “Vilyarreal”dan Xuan Foyt, “Chelsi”dan Markos Alonso va “Manchester Siti”dan Bernardu Silvani olib kelishni so‘ramoqda.

Bu transferlarni amalga oshirish uchun mutasaddilari tarkibdagi hujumchilar Memfis Depay va Per-Emerik Obameyangdan tezroq qutilishi kerak.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!