
Bugundan Italiyada 21-tur o‘yinlari boshlanadi. "Jenoa" mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettira oladimi?
Bugundan Italiya chempionatida 21-tur uchrashuvlari boshlanadi. Kun doirasidan "Fiorentina" - "Inter" bahsi o‘rin olgan. Tur 7 fevralga qadar davom etadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, Eldor Shomurodov faoliyat yuritayotgan "Jenoa"ning o‘yini. Genuyaliklar ertaga "Napoli" bilan kuch sinashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:45da start oladi.
"Jenoa" oxirgi 4 turdan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti. Jamoa "Atalanta" bilan durang qayd etgan. Qolgan 3 uchrashuvda g‘alaba qozondi. Ballardini shogirdlari ushbu seriyani davom etira oladimi? Buni 6 fevral kuni bilib olamiz.
Fikrlar