
Bugun Superligada 5-turning yana 2 ta uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
Bugun Superligada 5-turdan o‘rin olgan yana ikki bellashuv bo‘lib o‘tadi. Jumladan, “Surxon” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni, “Mash’al” esa “Qo‘qon-1912”ni qabul qiladi.
Termizdagi o‘yin 16:15 da start olsa, Muborakdagi bahs soat 17:00 da boshlanadi.
Hozircha 4 turdan so‘ng “Surxon” musobaqa jadvalida 4 ochko bilan 9-o‘rinda, “Lokomotiv” 2 ochko bilan 13-o‘rinda, “Mash’al” 4 ochko bilan 11-o‘rinda, “Qo‘qon-1912” esa 6 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
{game}id{/game}
{game}id{/game}
Fikrlar