Bugun "Spetsiya" klubi "Fiorentina" maydoniga safar qiladi
Bugun Italiya A Seriyasi 29-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Legionerimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Spetsiya" klubi safarda "Fiorentina"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:30da start oladi.
Ma’lumot uchun, "Spetsiya" 25 ochko bilan turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda. "Fiorentina" esa 40 ochko bilan 9-pog‘onani egallab turibdi.



Fikrlar