Bugun O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Namanganda Berlin akademiyasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi

  • 23 may, 2019, 08:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO
Bugun 23 may kuni O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Namanganda Berlin akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. 21 may kuni Andijonda kechgan birinchi o‘rtoqlik o‘yini 1:1 hisobidagi durang bilan yakuniga etgandi.

Kecha har ikkala jamoa Namanganga etib bordi. Jamoalarni Namangan futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari katta tantana bilan kutib olishdi. Otabek G‘ulomxo‘jaev shogirdlari kechaning o‘zida mashg‘ulot o‘tkazishdi.

Bugungi o‘yin soat 18:40da Namangandagi "Markaziy" stadionda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Alisher Samatov
23/05/2019 10:36
Қойил. Олдинлари бунақа мусобақалар ўтказилмас эди. У.Ахматджоновга миннатдорчилик билдирамиз. Наманган мухлислари Сиз билан.