
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Qatar bilan o‘ynaydi
Bugun Sretsko Katanets boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogining chorak final bosqichida Qatarga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.
Shuningdek, uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhi ham ma’lum. Bosh hakam Janubiy Koreya vakili Kim Hi Gon, unga qanotlarda hamyurtlari Yun Jae Eol va Park Sang Jun yordam beradi. Zaxira hakami sifatida esa quvaytlik Abdulla Jamali ishlaydi.
Uchrashuv 20:30 da “Al-Bayt” stadionida start oladi.
Fikrlar
https://t.me/SBekjonUrganjiy/13874fbclid=IwAR199g63NTuvuvWRxKebgCu40pwMRG1oVtcYPpRmSRz2s7Q_CpGCz6TryZE