
Bugun O‘zbekiston MTJ Osiyo kubogi g‘olibi va jahon chempionatida qatnashgan jamoa bilan o‘ynaydi
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Vadim Abramov shogirdlari xalqaro o‘rtoqlik bahsida Iroq terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Raqib ancha kuchli. Ular jahon chempionatida ishtirok etgan va Osiyo kubogi g‘olibiga aylanganini ko‘pchilik muxlislar yaxshi bilishadi.
Mazkur o‘yin Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida tashkil etiladi. Uchrashuv 18:00da boshlanadi. Avvalroq Namanganda o‘tkazilgan Gana B termasi bilan bellashuvda vakillarimiz 2:1 hisobida zafar quchgandi.
Fikrlar