
Bugun O‘zbekiston Katanets boshchiligida ilk o‘yinni o‘tkazadi. Raqib ancha jiddiy!
Yaxshi bilasiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Evropada bo‘lib turibdi. Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida vakillarimiz o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
Bugun, 5 sentyabr kuni vakillarimiz mezbon Shvetsiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bahs Stokgolm shahridagi "Friends" stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.
Ma’lumot uchun, bir necha kun oldin shvedlar Jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan bellashuvda Ispaniyani mag‘lub etgandi.
{game}3707349 {/game}
Fikrlar
Айтишадику "Ниманики ҳор қилсанг,
Ўшанга Зор бўласан" деб. Ҳа биз очиқчасига ЖЧ 2014, 2018 ва ЖЧ 2022 йўлланмаларини ҳор қилиб ўзимиздаги муаммолар сабаб, бровларга бериб юбордик. Энди шу йўлдаги саралашнинг оҳирги сикилида ҳам йўқмиз...
Қани бизнинг ўзбекчилигимиз, ғуруримиз... Қачон ўзгарар эканмиз??? Илоҳим шу каби ўзгаришлар шу бугундан яҳши томонга бошлансин. ОМАД МТЖга....