
Bugun One FCda ikki o‘zbekistonlik jang qiladi. Jonli ravishda tomosha qiling!
Xabaringiz bor, bugun Tailandning Bankok shahrida One Lumpinee 80 turniri tashkil etiladi. Ushbu jang kechasida ikki O‘zbekiston vakili jang qiladi. Jumladan, 57,6 kg vaznda MMA jangchimiz Avaz Xolmurodov rossiyalik Bektur Jenisbek Uuluga qarshi bahs yuritsa, o‘zbek muaytay olamining yuluduzlaridan biri Mavlonbek Qahhorov ushbu ligada debyut jangini o‘tkazadi. U Myanma vakili Tvay Tit Vin Xlangga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ushbu turnir Toshkent vaqti bilan 17:30 da start olishi kutilmoqda. Hamyurtimiz ishtirokidagi janglarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar