
Bugun ham uxlamaymiz! Tunda EChL doirasida navbatdagi bahslar bo‘lib o‘tadi
Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvlar boshlandi. "Real" - "Manchester Siti" va "Arsenal" - "Bavariya" o‘yinlarida g‘olib nomi aniqlanmadi.
Bugun yana ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tadi. PSJ o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilsa, "Borussiya" "Atletiko" mehmoni bo‘ladi. Ikkala bahs ham Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Qayd etish lozim, mazkur bellashuvlar MTRK telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi. Agarda sizda imkoniyat bo‘lmasa, PSJ - "Barsa" to‘qnashuvini "Sports.uz live" telegram kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar