Bugun ChLning ikkita chorak finalchisi nomi ma’lum bo‘ladi

  • 14 mart, 2023, 06:59
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Chempionlar ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan ikkita javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. "Manchester Siti" "Leyptsig" o‘z maydonida qabul qilsa, "Inter" "Portu" mehmoni bo‘ladi. 

Tecno

"Shaxarliklar" va Germaniya klubi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda g‘olib nomi aniq bo‘lmagan. Gyundoganning goliga Gvardiol javob qaytargan edi. Indzagi shogirdlari esa birinchi bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Romelu Lukakuning yagona goli milanliklarga kichik ustunlik taqdim qildi. 

Hozirgacha ChLning chorak finaliga chiqqan klublar soni 4 ta. "Bavariya", "Benfika", "Chelsi" va "Milan" keyingi bosqichga yo‘l olgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!