Bugun APL, Turkiya Superligasi va Eron chempionatida o‘ynayotgan futbolchilarimiz navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazadi!
Bugun Evropa va Osiyo klublarida to‘p surayotgan bir nechta o‘zbekistonlik futbolchilar maydonga tushishadi. Turkiya Superligasi to‘purari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev harakat qilayotgan “Bashakshehir” “Kasmypasha”ga qarshi bahs olib boradi. Shuningdek, Husniddin Aliqulovning “Rizespor” jamoasi “Kayserisbor” bilan kuch sinashadi.
Turkiya Superligasi
16:30 — “Rizespor” (Husniddin Aliqulov) – “Kayserisbor”
22:00 — “Kasympasha” – “Bashakshehir” (Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullaev)
Kecha Eron chempionatida Oston O‘runov gol urib, “Persepolis”ga muhim g‘alabani taqdim etdi. Bugun esa Odil Hamrobekov “Traktor” safida Chador Malu bilan bahs olib boradi.
Eron chempionati
18:00 — “Chador Malu” – “Traktor” (Odil Hamrobekov)
Angliya Premer-ligasida to‘p surayotgan yagona o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” safida “Lids”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi kutilyapti.
APL
20:00 — “Manchester Siti” (Abduqodir Husanov) – “Lids”



Fikrlar