"Bu yolg‘on emas, ular bilan ko‘rishdim, gaplashdim, ammo menga to‘g‘ri kelmadi" - "Nasaf"ni tark etgan darvozabon haqida

  • 17 iyul, 2023, 18:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda “Nasaf” ayrim o‘yinchilarni ijaraga berganini e’lon qildi va yana ayrim bilan xayrlashildi. Klubdan ketgan futbolchilar orasida iqtidorli posbon Azamat Soibov ham bor edi.

Tecno

Buni qarangki, Tojikistonda yig‘in o‘tkazayotgan “Andijon”ning “Ravshan” klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini chog‘ida Soibovni uchratib qoldik. Tabiiyki, unga bir qator savollar bilan yuzlandik.

- Azamat, sizni Tojikistonda, “Ravshan” va “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda uchrataman, deb o‘ylamagandim. Avvalo, shu haqida to‘xtalib o‘tsangiz.

- Ha, “Andijon”ni o‘yinini ko‘rgani bordim. Keyin bu erda bir-ikkita ishlarim bor edi.

azamat43

- Eshitishimcha, “Xo‘jand”dan sizga qiziqish bo‘lgan ekan, bu borada nima degan bo‘lardingiz?

- Bu narsa yolg‘on emas, haqiqatan qiziqishdi. Tojikistonga shu masalani gaplashgani borgandim. Ular bilan ko‘rishdim, gaplashdim. Ammo menga to‘g‘ri kelmadi. Natijada uyga qaytyapman.

- Tushunarli. Biz bilamizki, siz bungacha asosan “Nasaf” sharafini himoya qilib kelgansiz. Lekin yaqinda klub bilan xayrlashdingiz. Nima uchun?

- Xayrlashganimni sabablari bor. Lekin aytilmaydigan gaplar ham bor-da. To‘g‘ri, “Nasaf”dagi ikkala darvozabon ham terma jamoa posbonlari, lekin men ham ulardan qolishmayman. Ammo menga ishonch bildirishmadi. Shu bois shartnoma buzdim va ketdim. Bu erda 4,5 yil yurdim. “Nasaf”dagi futbolchilar juda yaxshi saviyada. U erda murabbiydan tashqari tarkib ham zo‘r jamlangan.

azamat

- Rejalaringiz qanday? Variantlar va muzokaralar davom etyaptimi?

- Muzokaralar ko‘plab klublar bilan bo‘ldi. Kelisholmadik. Hozircha variantlar yo‘q.

- Balki omadingizni xorijda sinab ko‘rarsiz...

- Balki. Chetdan ham variantlar surishtirishni boshlaganmiz. Hammasi Xudodan, ko‘ramiz. Peshonaga yozilgani bo‘ladi.

azamat3

- “Nasaf”dan ketishingiz faoliyatingizda yangi bosqich boshlanishi bildiradimi?

- Ha, bildiradi. Bitta joyda 4-5 yil qotib qolgandan so‘ng boshqa joyda nima gap-so‘zligini bilmaysiz. Shuning uchun asta-sekin ritmga qarab moslashib boraverasiz. Shu yoshimgacha ko‘p joylarda bo‘lganman. Lekin men joy tanlamaganman. Ketsam ham birov bilan urushmasdan, gap talashmasdan hammani rozi qilib ketaman. Xudo xohlasa, biror joydan nasib chiqib qolar.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Норов Абдужалил
17/07/2023 19:23
Бу дарвозабонимиз бирор бир уйинда насафни асосий дарвозабони булиб тушганми ёки бирор бир ёш тоифасида терма жамоамиз сафида уйнаганми?