
"Bu yil "Oltin to‘p"ni Ronaldu yutadi!"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendeshning fikricha, portugaliyalik yulduzi joriy mavsum "Oltin to‘p"ni yutishga loyiq.
"Ronalduning o‘rniga raqam va statistikalar so‘zlaydi. Menimcha, bu unga "Oltin to‘p"ni yutish uchun etarli bo‘ladi. Krishtianu Portugaliya uchun 115-golini urib, o‘z rekordini yana yangiladi. Unga futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar maqomini berish mumkin.
Bularning barchasi eng katta yutuqlar hisoblanadi. Bu sovrinni unga topshirishda hal qiluvchi holat bo‘lishi lozim. Ronaldu dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanligini namoyish etishda davom etmoqda. U A Seriya va Evropa chempionati to‘purariga aylandi.
Va bularning barchasini 36 yoshida amalga oshirmoqda. Menimcha, bu yil "Oltin to‘p"ni Ronaldu yutadi! Men uchun u hech qachon bu kabi sovringa yaqin kelmagan",-dedi Mendesh. Ma’lumot uchun, "Oltin to‘p" sovrinini topshirish marosimi 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar