Bu voqea chorak asrda takrorlandi

  • 17 avgust, 2020, 09:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa qit’asining eng nufuzli musobaqasida Angliya va Ispaniya jamoalari gegemonligiga barham berildi. 1996 yildan buyon ilk marotaba Chempionlar ligasi yarim final bosqichi bu mamlakatlar vakillarisiz o‘tadi.

Tecno

Chorak final bahslari yakunlariga ko‘ra, bu gal hal qiluvchi uchrashuv yo‘llanmalari uchun Germaniyaning “Bavariya” va “Leyptsig”, Frantsiyaning PSJ va “Lion” klublari kurashni davom ettiradi.

1995-1996 yilgi mavsumdagi yarim final ham ispan va ingliz klublarisiz o‘tgan. O‘shanda finalga chiqish uchun “Yuventus” (Italiya) — “Nant” (Frantsiya), “Ayaks” (Gollandiya) — “Panatinaikos” (Gretsiya) o‘zaro raqobatlashgan. Yakunda bosh sovrin Turinga yo‘l olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!