
Bu qit’adoshimiz Ronaldudan zo‘r chiqib qoldi
“Tottenxem”ning osiyolik legioneri Son Xyon Min Angliya Premer-ligasining navbatdagi turi “Byornli” darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi.
Koreyalik futbolchining birinchi kiritgan to‘pi uning Angliya Premer-ligasidagi 104-goli sifatida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha 31 yoshli futbolchi Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi.
Portugaliyalik yulduz “Manchester Yunayted”da ikki marta to‘p tepib, jami o‘z hisobiga 103 ta gol rasmiylashtirgan edi.
Uchrashuv oxirigacha Son Xyon Min yana ikki to‘p kiritib, Angliya Premer-ligasidagi umumiy gollari sonini 106 taga etkazib oldi.
Fikrlar