
Bu klublar PFLni "qiynab yubordi"
O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev Superliga va Pro-liga klublarining litsenziyalash bilan bog‘liq vaziyat haqida to‘xtalib o‘tdi.
"O‘zbekistonda qishki transfer oynasi yopildi. O‘zPFL ikki frontga bo‘lingan: birinchi qism Superkubok uchun Qo‘qonda bo‘lib turibdi, qolganlar shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari bilan band.
Yarim tun bo‘lsa-da, qator klublar vakillari O‘zPFL ofisida bo‘lib turibdi. Sport bo‘limi mavjud shartnomalarni qabul qilib oldi. Yangilar qabul qilinmaydi. Yakshanba davomida qabul qilib olingan shartnomalar asosida klublar o‘z futbolchilarini chempionat uchun ro‘yxatdan o‘tkazadi.
O‘zPFL quyidagi klublar bilan katta qiyinchilikka duch keldi: Mash’al, Surxon, Andijon, Buxoro, Aral samali. Sabablariga keyinroq batafsil to‘xtalamiz", - dedi Diyor Imomxo‘jaev o‘zining telegramdagi sahifasida.
Fikrlar