
Bu ketishda “Manchester Yunayted”ni 12 futbolchi tark etadi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag yozda jamoani 12 nafar futbolchi tark etishi mumkinligidan xavotirga tushayotgani yo‘q.
Niderlandiyalik mutaxassis klub mutasaddilari bu masalani o‘yinlar o‘rtasidagi uzoq tanaffus vaqtida hal etishi kerakligini ta’kidlamoqda.
- Ayni paytda biz faqat o‘yinlar haqida o‘ylayapmiz. Oldinda hali ko‘p uchrashuvlar bor va bular muzokaralarga ta’sir o‘tkazishini istamayman. E’tiborimizni o‘z ishtirokimizga qaratishimiz lozim, muzokara va kelishuvlarga emas.
David de Xeaning shartnomasi haqida so‘rashyapti. Hozir biz bu haqda bosh qotirayotganimiz yo‘q, lekin men uning o‘yinidan mamnunman. Bu mavsumda darvozabonimiz David de Xeaning dastlabki ikki bahsida unchalik ishonchni oqlamadi. Biroq endi vaziyat tubdan o‘zgargan. Bu masalalarni qishda hal qilamiz, - dedi Erik ten Xag.
Ma’lumotlarga qaraganda, mavsum oxirida 12 nafar futbolchining shartnomasi tugamoqda. Ular orasida Markus Reshford, David de Xea, Lyuk Shou, Diogu Dalot, Krishtianu Ronaldu, Fred, Aksel Tuanzebe va Fil Jons kabi mashhur o‘yinchilar bor.
Fikrlar