
Bu jamoalarni engib bo‘lmayapti
Mashhur Transfermarkt portali Evropaning 10 ta kuchli chempionatlarida yangi mavsumda hali mag‘lubiyatga uchramagan jamoalar reytingini tuzdi.
Unga ko‘ra, Turkiyaning ikki klubi – “Fenerbahche” va “Galatasaroy” etakchilik qilmoqda. Har ikki jamoaning barcha turnirlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasi bugungi kunda 16 ta uchrashuvni tashkil etmoqda.
“Fenerbahche” bu o‘yinlarning barchasida g‘olib chiqqan bo‘lsa, “Galatasaroy” hisobida 13 ta g‘alaba va uchta durang bor.
Uchinchi o‘rinda Bundesliga peshqadamiga aylangan “Bayer” joylashgan. Leverkuzenliklar o‘nta rasmiy uchrashuvda to‘qqizta g‘alaba va bitta durang qayd etdi.
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” sakkizta g‘alaba va uchta durang bilan to‘rtinchi pog‘onada qayd etilgan.
Engilmaslar qatoridan Frantsiyaning “Nitstsa” va Turkiyaning “Xatayspor” futbolchilari ham o‘rin olgan. Frantsuzlar hisobida to‘rttadan g‘alaba va durang, turklarda uchta g‘alaba va beshta durang natija bor.
Fikrlar