Bu jamoada Ronalduga o‘rin yo‘q

  • 28 avgust, 2020, 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA qit’a miqyosidagi eng nufuzli musobaqa – Chempionlar ligasining o‘tgan mavsum uchun ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

Tecno

Tarkibga musobaqada o‘z mahoratini namoyish eta olgan 23 nafar futbolchi kiritildi. Chempionlar ligasi ramziy terma jamoasidan doimo joy olib kelgan Krishtianu Ronaldu bu gal tarkibga kiritilmadi.

Darvozabonlar: Noyer («Bavariya»), Oblak («Atletiko»), Lopesh («Lion»)

Himoyachilar: Devis, Alaba, Kimmix («Bavariya»), van Deyk («Liverpul»), Yupamekano, Anxelino («RB Leyptsig»)

Yarim himoyachilar: Alkantara, Gorettska, Myuller («Bavariya»), Auar («Lion»), De Bryoyne («Manchester Siti»), Markinos («PSJ»), Zabittser («RB Leyptsig»), Gomes («Atalanta»)

Hujumchilar: Gnabri, Levandovski («Bavariya»), Neymar, Mbappe («PSJ»), Messi («Barselona»), Sterling («Manchester Siti»).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!