Bu hujumchi hech qanday pulga sotilmaydi! “Liverpul” o‘z yulduzini shayxlarga bermadi

  • 1 fevral, 18:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliya chempionligi uchun kurashayotgan “Liverpul” jangovar tarkibni saqlab qolishga urinyapti. “Qizillar” saudiyaliklarning Darvin Nunes bo‘yicha taklifini qabul qilmadi.

The Sun nashrining yozishicha, “An-Nasr” rahbariyati 25 yoshli urugvaylik forvard uchun “Liverpul”ga 84 million evro miqdorida badal puli va’da qilgan.

Biroq Angliya klubi bu o‘yinchisi hech qanday pulga sotilmasligini ma’lum qilib, kelishuvdan bosh tortgani aytilmoqda.

Qizig‘i shundaki, Nunesning o‘zi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga moyillik bildirgan va “An-Nasr” bilan muzokara o‘tkazishga rozilik bergan edi.

Nunes “Liverpul”da 2022 yilning yozidan beri to‘p tepmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etadi. Darvin Angliyaga kelgunga qadar Urugvayda “Penyarol”, Ispaniyada “Alveriya” va Portugaliyada “Benfika” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!