
"Bu hodisa rejalashtirilganidan ikki yil oldin sodir bo‘ldi"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Lionel Messining jamoadan ketishiga yana bir bor izoh berib o‘tdi.
"Messini qutqarish uchun "CVC" investitsiya fondi bilan bitim tuzishimiz lozim edi. La Liga klubimizdan shuni talab qildi. Biz bunday qila olmasdik. Sababi, bu jamoa kelajagini havf yoqasiga olib kelardi. Messi ortiq kuta olmadi va ketish vaqti kelganini tushundi.
Uning o‘yinidan etarlicha zavq oldik. Leo 16 yoshdan to 34 yoshgacha "Barsa" safida to‘p tepdi. Bu ertami-kechmi bo‘lishi kerak edi. Ehtimol, rejalashtirilganidan ikki yil oldin sodir bo‘ldi.", - dedi Laporta.
Fikrlar