Bu futbolchining Mourinoga uchta qilig‘i yoqmadi

  • 11 noyabr, 2022, 22:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 14-turi doirasida “Roma” safar uchrashuvida “Sassuolo” bilan ochko bo‘lishdi. Mourino g‘alabani qo‘ldan chiqishiga niderlandiyalik himoyachi Rik Karsdorpni ayblayotgani haqida yozilmoqda.

Tecno

“Real” yana Mourinoni olib kelmoqchi jurnalistlari Mourinoga Karsdorp nega yoqmay qolganiga aniqlik kiritdi.

Birinchidan, Karsdorp zaxiradan o‘yinga tushirilayotgan paytda Mourinoning oldiga o‘z vaqtida kelmadi. Murabbiy kerakli ko‘rsatmalarni berishga ulgurmadi. Bundan Jozening jahli chiqdi.

Abraxam gol urgan vaziyatda Karsdorpning o‘zini tutishi ham murabbiylar shtabiga ma’qul kelmadi. Hamma angliyalik futbolchini tabriklayotgan paytda, Rik o‘ziga to‘pni uzatmay, boshqa o‘yinchi bilan o‘ynagan Kristantega e’tiroz bildira boshladi.

Eng yomoni raqib gol urgan vaziyatda Karsdorp o‘z pozitsiyasini yopa olmadi, raqib futbolchisi Lorentega qarshilik qila olmadi, kurashni erta tugatdi. Raqibga qarshilik qilish o‘rniga, to‘xtab qolib, hakamning e’tiborini o‘yindan tashqari holat bo‘lganiga qaratmoqchi bo‘ldi. Buning oqibatida mezbonlar vakili Pinamonti hisobni tenglashtirdi.

Mourino kiyim almashtirish xonasida ham Karsdorp bilan ziddiyatga bordi va unga o‘ziga boshqa jamoa topishini uqtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!