
Bu futbolchining Messidan ustun tomoni bor
Frantsiya terma jamoasi safida jahon va qit’a chempioni bo‘lgan Frank Lebyof “Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuynening sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messidan ustun tomonlari borligini aytdi.
Mening fikrimcha, o‘yinni olib borish va maydonni ko‘ra bilish jihatidan Kevin de Bryuyne Lionel Messidan ustun turadi.
- Messi maydonda boshqalar qila olmagan ishlarni amalga oshirishi mumkin, lekin men Leoning 27 metrdan yuqoridan aniq to‘p etkazib berganini birormarta ko‘rmaganman. Messi uzog‘i 15 metrdan va qisqa masofalardan pas berishda o‘zini maydon egasidek tutadi. Lekin men uchun bu masalada de Bryuynedan zo‘ri yo‘q, - dedi Frank Lebyof.
Eslatib o‘tamiz, Kevin de Bryuyne Angliya Premer-ligasi doirasida “Nyukasl” qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning so‘nggi daqiqasida Oskar Bobbga uzoq masofadan super pas oshirib, jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Fikrlar