
Bu futbolchi “Roma” bilan kelishuvni bekor qiladi
“Roma”ning armanistonlik legioneri Genrix Mxitaryan klub bilan amaldagi shartnomani muddatidan oldin bekor qilmoqchi.
Tajribali yarim himoyachi Joze Mourino boshqaruvida jamoaning etakchi o‘yinchilari safini tark etganidan norozi bo‘lmoqda. Keyingi paytda portugaliyalik murabbiy Mxitaryanning o‘yin vaqtini sezilarli darajada kamaytirdi.
Aslida armanistonlik yarim himoyachining klub bilan hamkorligi mavsum oxirida yakunlanishi kerak. Genrix vaqt yo‘qotmaslik va qishda o‘ziga boshqa jamoa topish uchun o‘z tashabbusi bilan bitimni bekor qiladi.
Genrix Mxitaryan joriy mavsumda Italiya chempionatida 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini ikki marta aniq nishonga oldi.
Fikrlar