Bu adolatdan emas! “Siti” sardori Husanov jarohatiga munosabat bildirdi
Angliya Premer-ligasida “Arsenal” maydonidan bir ochko olib qaytgan “Manchester Siti” jamoasining yangi sardori Bernardu Silva futbol taqvimini tuzgan mutasaddilarni keskin tanqid ostiga oldi.
Angliya futbolining bir qator manbalari, xususan, news18.com, crunchsports.com hamda thescore.com saytlar portugaliyalik yulduzning “Emireyts” stadionidagi markaziy uchrashuvdan keyin bildirgan e’tirozlarini e’lon qildi.
Bernardu Silva chempionatning muhim uchrashuvi oldidan “Manchester Siti”ga tiklanish va o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun etarli darajada vaqt berilmaganini tanqid qildi. Bu Premer-liganing ahamiyati o‘ta yuqori bo‘lgan o‘yinidan oldin jamoani juda murakkab ahvolga tushirib qo‘ygan.
- Mavsumning eng muhim uchrashuvlaridan birini bu ahvolda o‘tkazib bo‘lmaydi. Bu adolatdan emas. Chempionatning eng katta o‘yinlari oldidan jamoalarga bir xil sharoit yaratib berish kerak.
Raqib o‘yin oldidan besh kun dam oldi, bizga esa ikki yarim kun berildi. Bunaqa uchrashuvlar oldidan bunday qilib bo‘lmaydi. Uchrashuvdan avval, hatto o‘zim ham, optimal holatda emasligimni his qilib turdim, - dedi Bernardu Silva.
Ta’kidlash joizki, Xosep Gvardiola shogirdlari Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqich birinchi turida Italiya chempioni “Napoli” bilan o‘tkazilgan murakkab uchrashuvdan keyin 66 soat o‘tib, “Arsenal”ga qarshi Londondagi o‘yinda saf tortdi.
“Kanonirlar” esa, Chempionlar ligasidagi bahsni “Siti”ning “Napoli”ga qarshi o‘tkazgan o‘yinidan ikki kun avval o‘tkazib bo‘lgandi.
Bernardu Silva bu darajadagi tig‘iz taqvim va yuklamalarning haddan ziyod ortib ketishi o‘yinchilarning jarohat olishiga sabab bo‘lishini aytib, bunga Abduqodir Husanovning vaziyatini misol qildi.
- O‘zlari yuqori darajada futbol o‘ynamagan odamlar, bunaqa uchrashuvda ishtirok etish ahamiyatini umuman anglamaydi. Sen eng zo‘r jismoniy holatingda maydonga tushishing kerak. Hammamiz Husanov qanday jarohat olganini ko‘rdik. Bunaqa o‘yinlarda boringni berib kurashishga to‘g‘ri keladi.
“Arsenal” – “Manchester Siti”, “Manchester Siti” – “Liverpul”, “Arsenal” – “Liverpul” kabi uchrashuvlarni tashkil qilishda aql bilan qaror qabul qilish lozim. Bu kabi bahslarda futbolchilar bir xil jismoniy holatda bo‘lishi shart. Aks holda adolat ta’minlanmaydi. Buni futbol rahbariyatiga etkazmoqchi bo‘lyapmiz, lekin ular bizni eshitmayapti va hech narsa o‘zgarayotgani yo‘q, - dedi Bernardu Silva.
Husanov – eng katta yo‘qotish!
Bizga Husanov etishmadi! “Siti” fanatlari Husanov haqida yana nimalar deyapti?
Turkiyani “yondirayotgan” Shomurodovni Italiyada qo‘msab qolishdi!
Husanov va Xolandning yo‘li ayrilishi mumkin...
Husanovning o‘yinini ekspertlar qanday baholadi?
Tezkor: Jarohat olgan Husanovning ahvoli haqida dastlabki ma’lumot berildi



Fikrlar