Brozovich "An-Nasr"dan yiliga 30 million evro talab qilmoqda
Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Marselo Brozovich “An-Nasr”ga o‘tishga hali rozi bo‘lgani yo‘q. Jurnalist Santi Aunaning yozishicha, klublar 23 million evro evaziga transfer bo‘yicha kelishib olishganiga qaramay, futbolchining o‘zi hamon Saudiya Arabistonidan kelgan jamoa taklifini qabul qilishga shoshilmayapti.
Manbaning aytishicha, An-Nasr yarim himoyachiga yiliga 20 million evro maosh berishga tayyor, futbolchi esa bunday shartlarga rozi emas. Marselo yiliga 30 million evro olmoqchi.
E’tibor bering, Brozovichda "Barselona"ga o‘tish varianti ham bor, ammo "ko‘k-anorranglilar" 30 yoshli futbolchini moliyaviy muammolar tufayli transfer qilishlari qiyin bo‘ladi.



Fikrlar