Britaniyalik bokschi koronavirus tufayli og‘ir musibatga uchradi

  • 29 mart, 2020, 20:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Britaniyalik bokschi Entoni Yard otasining koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berdi. U bu haqda Instagram sahifasida yozib qoldirgan.

Tecno

"Ehtimol, bu odamlarga uyda qolishga yordam berar... Kecha otam ushbu virusdan vafot etdi. U sog‘lom edi. Sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar bo‘lmagan.

Odamlar qancha ko‘p to‘plansa, izolyatsiya shunchalik uzoq davom etadi va virus tarqaladi. Men shifokor emasman. Lekin uyda qolsangiz, yuqtirish ehtimoli kamroq ekanligini bilaman”,-deb yozadi Yard.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Entoni Yard professional ringda 20 ta jang o‘tkazib, 19 bora g‘alaba qozongan. 18 ta nokaut qayd etgan. Birgina mag‘lubiyatini rossiyalik Sergey Kovalyovdan qabul qilib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!