
Briks o‘yinlari: Javohir Ummatalievda kumush!
Ayni daqiqalarda Qozon shahrida BRIKS turnirining boks bo‘yicha final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Hozirga kelib finalga yo‘l olgan bir qator bokschilarimiz o‘z janglarini o‘tkazib bo‘ldi. Nabatdagi qarama-qarshilikda ham o‘zbek va rus bokschilarining to‘qnashuviga guvoh bo‘ldik. Ya’ni, -75 kg vaznda Javohir Ummataliev mezbonlar vakili Sergey Sergeevga qarshi ringga ko‘tarildi.
Kutilmaganda hakamlar g‘alabani Sergeevga taqdim etishdi.Oldinda bizni quyidagi yurtdoshlarimiz jangi kutib turibdi.
-80 kg: To‘rabek Habibullaev - Beshto Shavlaev (Rossiya)
-92 kg: Madiyar Saydrahimov - Ramazan Hanapiev (Rossiya)
+92 kg: Bahodir Jalolov - Vladislav Smyaglikov (Bellarus’)
-54 kg: Nigina O‘ktamova - Tat’yana Trushkina (Bellarus’)
-75 kg: Aziza Zokirova - Elena Gapeshina (Rossiya)
Fikrlar