
Braziliyaning sobiq himoyachisi Lusio futbolchilik faoliyatini yakunladi (Video)
Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Lusio futbolchilik faoliyatga yakun yasadi.
"22 yillik faoliyatimdan so‘ng, butsalarimni mixga ilishga qaror qildim.
Futbol va oilamni bergani uchun Xudoga shukur qilaman," - deb yozdi Lusio o‘zining Instagram sahifasida.
41 yoshli futbolchi o‘zining "Bayer", "Bavariya", "Inter" va "Yuventus"dagi faoliyati bilan mashxurlikka erishgan.
Braziliya terma jamoasi bilan 2002 yili jahon chempioni bo‘lgan va yana ikki bor Konfederatsiyalar kubogini qo‘lga kiritgan.
Klublardagi faoliyatida Germaniya va Italiyaning chempionatlari va kuboklarida g‘olib bo‘lgan.
"Inter" safida 2009/10 yilgi mavsumda chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan.
Lusioning so‘nggi jamoasi Braziliya 4-divizionining "Brazilense" klubi bo‘ldi.
Fikrlar