Braziliyada Anchelottining kelajagi borasida bir qarorga kelindi

  • 28 noyabr, 16:01
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya futbol konfederatsiyasi prezidenti Samir Xaud milliy terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan yangi mehnat shartnomasi imzolash imkoniyatlari haqida gapirdi.

Tecno

"Anchelotti hammasi har ikki tomonga bog‘liqligini aytdi. Biz uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishimizga ishonaman. Buning uchun barcha sharoitlar mavjud", — dedi u jurnalistlar bilan uchrashuvda.

Takidlab o‘tish kerakki, Anchelottinig Janubiy amerikaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi "Jahon chempionati–2026" turniri so‘nggida tugaydi. Tomonlar hamkorlikni 2030 yilgacha uzaytirish imkoniyatiga ega.

Ma’lumot uchun, italiyalik mutaxassis shu yilning may oyidan boshlab "pentakampeonlar" ustoziga aylangan edi. Karlo boshchiligida Braziliya AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qiladigan mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!