Bo‘sh darvozaga kiritilgan gol Ronalduga “dahshatli” rekord keltirdi

  • 13 oktabr, 2024, 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Millatlar ligasi musobaqasi doirasida Portugaliya terma jamoasi Polsha maydonida o‘tkazilgan bahsda 3:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Mehmonlarning g‘alabasini ta’minlagan to‘plarni Bernardu Silva va Krishtianu Ronaldu kiritdi. Polshalik futbolchi Bendarek o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Bu uchrashuvning 37-daqiqasida Krishtianu Ronaldu jamoasining hujumidan keyin polshaliklarning bo‘sh qolgan darvozasini ishg‘ol qildi.

Kiritilgan to‘p Ronalduning faoliyatidagi 906 gol bo‘ldi. Shu tariqa, portugaliyalik yulduz jahon futbolida eng ko‘p gol urish bo‘yicha o‘z rekordini yana yangiladi.

Krishtianu Ronaldu o‘z oldiga katta maqsad qo‘ygan. U jahon futbolida professional darajada 1000 ta gol urgan birinchi va yagona futbolchi sifatida o‘z nomini tarixga yozdirib qo‘ymoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!