
“Borussiya” Sanchoning o‘rniga yangi futbolchi olyapti
“Borussiya” rahbariyati jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Jeydon Sanchoning o‘rniga boshqa futbolchi topdi. Sancho anchadan beri “Manchester Yunayted”ga o‘tish harakatida yuribdi. Yozda bu yarim himoyachini ushlab qolish dortmundliklarga oson bo‘lmaydi.
“Borussiya” Sanchonning o‘rniga PSV hujumchisi Doniell Malenni olishni ko‘zlamoqda. Bu futbolchi uch mavsumdan beri Niderlandiya chempionatida ishonchli o‘yin namoyish etmoqda.
21 yoshli Malen PSVda 60 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 27 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 11 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar