"Bomba" transfer amalga oshishi mumkin! Ronalduning do‘sti "Al-Nassr" nishonida

  • 22 yanvar, 2023, 06:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Al-Nassr" "Olimpiakos" himoyachisi Marseloga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Aaron Dominges xabar berdi. 

Gretsiya klubiga o‘tishdan oldin braziliyalik futbolchi 2009-2018 yillar oralig‘ida hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan "Real" Madrid sharafini himoya qilgan. 

Qayd etish lozim, Saudiya Arabistoni klubi Keylor Navasni ham o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar chiqayotgandi. 

Joriy mavsumda Marselo "Olimpiakos" libosida jami 10 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!