Bolgariyalik legioner: Baribir eng zo‘ri – Shomurodov!

  • 1 avgust, 2020, 13:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Rostov”ning bolgariyalik legioneri Ivelin Popov mavsum haqida bergan interyusida jamoadoshi Eldor Shomurodov haqida ham gapirdi.

Tecno

Xususan, jurnalistlar Popovdan jamoa sardori sifatida mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o‘tkazilayotgan so‘rovnomada kimlarga ovoz bergani haqida so‘radi.

- Men birinchi o‘ringa Eldor Shomurodovni qo‘ydim. Chunki u baribir eng zo‘ri. Ikkinchi o‘rin Aleksey Miranchuk. “Lokomotiv”ning Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishida uning xizmatlari katta. Uchinchisi Sardor Azmun. U “Zenit”ni chempion qildi, - dedi Ivelin Popov.

Shuningdek, “Rostov” sardori yangi mavsumda jamoa kuchli uchlikdan joy olish uchun kurashishini ma’lum qildi.

Bugun g‘oliblar e’lon qilinadi. Shomurodov va O‘runov da’vogarlar safida!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!