
Bo‘lajak superyulduz Bundesligada qolishi mumkin
"Bayer" sport ishlari bo‘yicha direktori Rudi Feller Xaverts mavsumlar oralig‘ida klubni tark etmasligiga umid qilmoqda.
"Xaverts klubda qolishiga umid qilsak bo‘ladi. Chunki biz unga iqtidorini namoyon qilish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beramiz. U buni juda yaxshi tushunadi", - deydi amaldor.
Joriy mavsumda germaniyalik futbolchi barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol kiritishni uddaladi.
Fikrlar